|
Yangiliklar,
baxs va munozaralar |
 |
I. Ozbek adabiyoti kafedrasi mudiri, f.f.d. S.Mirzaeva rahbarligida kafedra katta oqituvchisi M.Temirova Ozbek va qirgiz xalq maqollarini qiyosiy-tipologik organish mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda.
Tadqiqotning asosiy maqsadi ozbek va qirgiz xalq maqollarining mazmuniy (semantik) tahlili va tipologik bogliqligini organishdir. Shundan kelib chiqib, ozbek va qirgiz xalq maqollarini qiyosiy-tipologik organish, maqollarda milliy-tarixiy koloritni aks etishini organish, maqollarda zamon va makon omili tahlili, maqollar bazasini organish, maqollarda milliy mentalitentning oziga xos jihatlari, badiiy tili, poetikasi va shaklini qiyosiy-tipologik organish, ikki xalq folkloristikasi taraqqiyotida maqollar orni va uning aniq xulosalar yaratish ishlari olib borilmoqda.
II.
Mashhura Sheralievaning 80-yillar ozbek nasrida kinoya va kinoyaviylik mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasiga annotasiya
Ilmiy rahbar: f.f.d. D.Quronov
Dissertatsiyada kinoya nazariyasining tadqiqotga aloqador eng muhim masalalari organiladi. Jumladan, kinoya voqelikka komik munosabat turi sifatida, kinoyaning yumor va satira bilan ozaro munosabati, pafos nazariyasida kinoya, modus nazariyasida kinoya kabi masalalarga etibor qaratiladi.
70-yillar oxiri 80-yillar boshlarida jamiyatimizda yuzaga kelgan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlarning oziga xosligi. Bu davr ziyolilari, shuningdek, yosh ijodkorlar dunyoqarashi va ijtimoiy kayfiyatlaridagi evrilishlar. Kinoya shaxsga xos ibtidoning namoyon bolishi sifatida. Ijtimoiy ideallar bilan bogliq illyuziyalarning yemirilishi natijasida davr nasrida ikki xil tendensiyaning yuzaga kelganligi, yani: 1) oz ichki dunyosiga chekingan (O.Otaxon ijodi), tor doiradagi, milliy-maishiy muhitdagi faoliyat bilan chegaralangan (T.Murod ijodi, H.Sultonovning Adash Karvon asari) qahramon hayotini tasvirlash orqali manaviy-axloqiy qadriyatlarning qimmatini tasdiqlashga intilish; 2) ozini ortiqcha, kichkina, keraksiz his qiladigan qahramonlar hayotini tasvirlash orqali manaviy-axloqiy qadriyatlar (Lolazor da, umuman, ijtimoiy-manaviy ideallar) ning mavjud ijtimoiy muhitdagi qimmatiga shubha bilan qarash tendensiyasi. M.Muhammad Dost, A.Azam va E.Azamning ikkinchi tendensiyaga mansub asarlarida kinoyaviy munosabat kuchayganligi.
M.Muhammad Dost, A.Azam, E.Azam va X.Sultonovning ayrim hikoyalarida personaj nuqtai nazaridan chetlanish natijasida roviy nuqtai nazarining kinoyaviylashishi. Bu davr qissalarida qahramonning ozlikni anglashi va jamiyatdagi oz ornini qaytadan belgilash ehtiyojining aks ettirilishi. Qahramon xarakteri va shaxsiyati ikkiyoqlama munosabat - kinoya va dramatizm (bazan elegiyaviy dramatizm) ning obekti sifatida (Galatepaga qaytish, Istefo, Asqartog tomonlarda, Javob qissalari). Kinoya va patetika (Galatepaga qaytish). Kinoya va sarkazm (Istefo). Kinoyaviy ohang va kinoyaviy struktura haqida (N.Fray). Kinoyaviy asarda muallif nuqtai nazari, qahramon tipi, asosiy vaziyatlar va motivlar tizimi. Kinoyaviy asarning syujet-kompozitsion xususiyatlari (Lolazor romani). Kinoyaviy asarda rivoyaning ritmik-intonatsion va uslubiy xususiyatlari.
|
|