|
Dekabr oyida o‘tkazilgan Ma’naviyat kunida ijtimoiy siyosiy ma’ruzalar, axloqiy-ma’naviy suhbatlar, taniqli xonandalar (A.Mahmudov, G‘.Hojiqulov, M.Boymatovalarga), olimlar (U.Uvatov, M.Qirg‘izboev, A.Dariev, U.Qosimov, K.Zokirov, N.So‘fixo‘jaev, Z.Qutiboev va b.), huquq-tartibot, tibbiyot xodimlari, shoir va ijodkorlar bilan suhbatlar tashkil etildi. Muzeyga tashrif, yangi film namoyishi va shu kabi tadbirlar o‘tkazildi. Har bir guruhda ijodiy insho yozildi (Konstitutsiya – adolat qomusi, 2006 yil: yutuqlar va muammolar”).
Oyning oxirgi ma’naviyat kuni «Huquqiy savodxonlik» kuni deb e’lon qilindi va 20 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi. Suhbatlar, ma’ruzalar, ko‘rgazmalar, tanlovlar (Siz konstitutsiyani bilasizmi?) musobaqalar (sport turlari bo‘yicha), konsert dasturlari, ilmiy konferensiyalar o‘tkazildi. Bayram munosabati bilan talabalar uylarida yashovchi 1000 dan ortiq talabalarga osh qilib berildi.
2006 yil 4 dekabr kuni Konstitutsiyamizning 14 yilligi oldidan “Quyosh olamni isitar, do‘stlik qalblarni” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Universitetda qirg‘iz-o‘zbek filologiyasi va uni o‘qitish metodikasi kafedrasining ochilishi sharafiga o‘tkazilgan ushbu taqdimot kechasida O‘shMU 1-prorektori Tinibek Isaqov, Qirg‘iz-O‘zbek universiteti rektori I.Anvarjonov, professor-o‘qituvchilar, talabalar, ijodkorlar tashrif buyurdilar. Har ikkala mamlakat talabalari hamkorlikda konsert namoyish etdilar.
Yangi yil arafasida Andijon shahridagi 2-mehribonlik uyida konsert qo‘yildi va bolalarga sovg‘alar ulashildi.
Yil yakunida «Universiada – 2007» ning 1,2-bosqichlari o‘tkazildi. Viloyat miqyosidagi final musobaqalarida universitet talabalari 12 sport turidan 11 tasida g‘olib chiqdilar. Basketbol (qizlar) bahsida 3-o‘rin bilan kifoyalanildi. Shuningdek, universiadaga tayyorgarlik bosqichi sifatida universitetning futbol (2-liga), voleybol (oliy liga), basketbol (yigitlar oliy liga) jamoalari mamlakat birinchiliklarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqdalar.
“Universitet” futbol jamoasi viloyat chempioni bo‘ldi. Universitet talabalari basketboldan hozircha 1-3-o‘rinlarni egallab turibdi.
Universitetning jismoniy madaniyat fakulteti 3-kurs talabasi, sambo bo‘yicha Osiyo chempioni Go‘zal Karimova jahon birinchiligida bronza medali sovrindori bo‘ldi. Zohidjon Jumaqulov (ADU jismoniy tarbiya kafedrasi o‘qituvchisi) belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
|
|